Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda irrigatsiyani rivojlantirish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davom ettiriladi
Prezident tomonidan «Qoraqalpog‘iston Respublikasida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror imzolandi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Hujjatda ta'kidlanishicha, Qoraqalpog‘istonda irrigatsiyani rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha izchil choralar ko‘rib kelinmoqda, natijada:
- keyingi 3 yil ichida 47 ming gektardan ortiq yerlarning suv ta'minoti yaxshilandi;
- kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar 11,2 ming gektarga kamaydi;
- 140 ming gektardan ortiq maydonning meliorativ holatini barqaror saqlashga erishildi.
Qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga qaramay, 44,9 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning suv ta'minoti past darajada, 95,2 ming gektar sug‘oriladigan maydonlar o‘rtacha va kuchli sho‘rlangan, mavjud suv resurslaridan foydalanish samaradorligi pastligicha qolmoqda.
2021–2023 yillarda mintaqada mavjud muammolarni sifatli va to‘liq hal etish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:
a) O‘zbekiston respublika budjeti mablag‘lari hisobidan irrigatsiya va melioratsiya obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya obektlarini ta'mirlash va tiklash ishlarining manzilli ro‘yxati;
b) quyidagilar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari:
- mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan irrigatsiya tizimlarini ta'mirlash va tiklash ishlari;
- suv iste'molchilari uyushmalari, klasterlar hamda fermer xo‘jaliklarining o‘z mablag‘lari hisobidan sug‘orish tarmoqlarini ta'mirlash va tiklash ishlari;
- suv tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish;
- suv xo‘jaligi obektlarini boshqarish, suvni hisobga olish va monitoring yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarida elektr energiyasidan foydalanishni raqamli texnologiyalar yordamida «onlayn» rejimida nazorat qilishni joriy etish;
- nasos stansiyalari va irrigatsiya tizimlari kanallarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida xususiy sektorga berish.
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi Raisi va Qoraqalpog‘iston tumanlari hokimlariga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklandi. Irrigatsiya va melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ilmiy-texnik jihatdan ta'minlash bo‘yicha ishchi guruhiga quyidagi vazifalar yuklatildi:
- manzilli ro‘yxatda nazarda tutilgan loyihalar doirasida amalga oshiriladigan ishlarni ilmiy-texnik jihatdan ta'minlashni tashkil etish;
- har bir loyihaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, resurs tejamkor va axborot texnologiyalari qo‘llanilishi bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish;
- suv xo‘jaligi sohasiga ilm-fan yutuqlarini, suvni tejovchi texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni, suv xo‘jaligi va suvdan foydalanish tizimini boshqarishning innovatsion usullarini joriy qilish bo‘yicha ilmiy va uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
- ilmiy-texnika yutuqlarini chop etish hamda OAV orqali targ‘ib qilish, seminarlar, respublika va xalqaro miqyosdagi anjumanlar tashkil qilish.
Mavzuga oid
17:34 / 13.01.2025
Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi suvi hajmini 42 foizga oshirdi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
19:07 / 07.11.2024
2025 yilda kanallarni betonlashtirishga 800 milliard so‘m ajratiladi
18:21 / 07.11.2024