Jahon | 14:28 / 17.12.2020
5236
1 daqiqa o‘qiladi

Tokioda pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta eng yuqori xatar darajasi e'lon qilindi

Shifokor-ekspertlar guruhi sog‘liqni saqlash tizimiga bosim oshishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Foto: Reuters

Tokio ma'muriyati koronavirus tarqalishi kuchayganligi sababli pandemiya boshlanganidan beri birinchi marta sog‘liqni saqlash tizimining tayyorgarlik darajasini eng yuqori – to‘rtinchi darajaga ko‘tardi. Shaharda sutkalik kasallik holatlari ilk bor 800dan oshdi, deb xabar bermoqda Kyodo News.

 Ma'lumot berilishicha, Tokioda bir sutka ichida 822ta koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan. Avvalroq 678ta holat aniqlangandi.  

Shifokor-ekspertlar guruhi sog‘liqni saqlash tizimiga bosim oshishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Agarda hozirgi vaziyat yana ikki hafta davom etsa, tizimda jiddiy muammolar boshlanishi mumkin, deb qo‘shimcha qildi ekspertlar.

 Pandemiya boshlanganidan buyon Tokioda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 48 mingdan ortiq holat qayd etilgan. Yaponiya bo‘yicha esa 187,7 mingdan ortiq kishi kasallikka chalingan, 2,7 ming kishi vafot etgan.

Mavzuga oid