2021 yilda bazaviy soliq stavkalari o‘zgarishsiz saqlab qolinadi
O‘zbekistonda bazaviy soliq stavkalari 2021 yilda ham o‘zgarishsiz saqlab qolinadi. Bu haqda Senatning o‘ninchi yalpi majlisida «2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunning asosiy jihatlariga to‘xtalib o‘tgan moliya vaziri Timur Ishmetov ma'lum qildi.
«2021 yilda bazaviy soliq stavkalarini o‘zgarishsiz saqlab qolish ko‘zda tutilgan. Jumladan, qo‘shilgan qiymat solig‘i 15 foiz, foyda solig‘i 15 foiz, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 12 foiz, budjet tashkilotlaridan ijtimoiy soliq 25 foiz, qolgan sub'yektlardan 12 foiz, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun aylanma solig‘i 4 foizlik stavkalar saqlanib qolinmoqda.
Tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun tariflarni oshirmaslik taklif qilinmoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligini oshirib borish siyosatini davom ettirgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlariga 2021 yildan boshlab tumanlar va shaharlar kesimida qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i stavkalarini hududning iqtisodiy rivojlanishiga qarab bazaviy stavkalariga 0,5dan 2gacha bo‘lgan koeffitsiyentlarni qo‘llash huquqi berilmoqda», deya vazir so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lum qilinishicha, qonunda tuman va shahar kengashlari har yili o‘z hududlarida joylashgan nufuzli hududlarning chegaralarini belgilash, tuman va shahar darajasidagi nufuzli hududlarga kvartal, massiv, mahalla, ko‘chasiga qarab belgilangan yer soliq stavkalariga 0,7dan 1,3gacha bo‘lgan koeffitsiyentlarni qo‘llash vakolatlariga ega ekanligi belgilab qo‘yilmoqda.
Mavzuga oid

10:11
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi

20:10 / 14.12.2024
Energetiklarning ob-havo bahonasi, elektr toki defitsitining tugashi va MBda yangi rais - hafta dayjesti

17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi

14:41 / 11.12.2024