Putinga Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatlariga borish taqiqlandi
Taqiq davlat rahbari bilan birga, butun Rossiya hukumati: bosh vazir, vazirlar, ularning o‘rinbosarlari hamda duma deputatlariga nisbatan ham amal qiladi.
Sport arbitraj sudi (CAS) Rossiya prezidenti Vladimir Putinga jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlariga tashrif buyurishni taqiqladi. Bu haqda tashkilot saytida ma'lum qilindi.
Taqiq davlat rahbari bilan birga, butun Rossiya hukumati: bosh vazir, vazirlar, ularning o‘rinbosarlari hamda duma deputatlariga nisbatan ham amal qiladi.
Bundan tashqari, davlat tashkilotlarining rahbarlari va o‘rinbosarlari, prezident ma'muriyati va Rossiya tergov qo‘mitasining barcha xodimlariga ham musobaqalarda ishtirok etish taqiqlandi.
Ammo taqiqda istisnolar ham ko‘zda tutilgan. Agarda taqiq ro‘yxatidagi shaxsni musobaqa bo‘lib o‘tayotgan mamlakat prezidenti yoki bosh vaziri shaxsan taklif etsa, shuningdek, bu shaxs Xalqaro olimpiya qo‘mitasi yoki Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi a'zosi bo‘lsa, musobaqalarga tashrif buyurishi mumkin.
Avvalroq CAS rossiyaliklarga ikki yil davomida xalqaro musobaqalarda mamlakat bayrog‘i ostida chiqish va Rossiyada yirik turnirlar o‘tkazishni taqiqlagandi.
Mavzuga oid
22:35 / 11.11.2024
«Tramp bilan ham, G‘arb yetakchilari bilan ham muloqot rejalanmayapti» - Peskov
16:42 / 11.11.2024
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
12:57 / 11.11.2024
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi
07:55 / 11.11.2024