Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda kelasi haftada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushadi
Mazkur zavod qurilishi iyun oyida boshlangandi. Bu yerda immunobiologik dori vositalari, jumladan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqariladi.
Qozog‘istonda kelasi haftada Rossiya bilan hamkorlikdagi koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushadi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma'lum qildi.
"Yaqin kunlarda, kelasi haftada Rossiya bilan hamkorlikdagi vaksina ishlab chiqaruvchi zavodni ishga tushiramiz", - dedi u MDH davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishida.
To‘qayev MDH davlatlariga koronavirus infeksiyasiga qarshi hamkorlikni kuchaytirishni taklif qildi.
"Bugun birinchi navbatdagi vazifamiz fuqarolarimizga virusga qarshi vaksinalarga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etishdir", - dedi u.
Mazkur zavod qurilishi iyun oyida boshlangandi. Bu yerda immunobiologik dori vositalari, jumladan koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqariladi.
Ma'lumot berilishicha, Qozog‘istonda aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash 2021 yil boshlarida boshlanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025