O‘zbekiston | 23:51 / 19.12.2020
35502
2 daqiqa o‘qiladi

Akmal Saidov: «Quronboyev Rossiyaga borib, o‘zbekistonlik migrant yoshlarni ko‘rib kelgandi. Shu bilan jim bo‘lib ketishdi»

19 dekabr kuni Tashkent City anjumanlar zalida «Toshkent yoshlar forumi – 2020» doirasida yoshlar migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Foto: Toshkent yoshlar forumi

Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Akmal Saidov ham chiqish qildi. U o‘z chiqishida pandemiya immigratsiya borasida butun dunyoda yirik muammolarni paydo qilgani hamda bu jarayonda kuchsiz qatlam – muhojirlar eng ko‘p aziyat chekayotgani haqida gapirdi.

«Bu muammolarni hech bir davlat mustaqil hal qilolmaydi. Buni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham ko‘p bor ta'kidladi. Hozir chet elga ketayotganlarning aksarini yoshlar tashkil etadi. Xo‘sh, xorijdagi yoshlarimizning bu muammolarni hal qilish borasidagi fikri qanday? Ularni hozir nimalar qiynayapti? Migrant yoshlarimiz migratsiya muammolarini yechish uchun nimalarni taklif qiladi? Buni yoshlar ittifoqi o‘rganishi kerakmi yo‘qmi? Mana shunday muammolar bo‘lganda xorijdagi yoshlarimizga qanday yordam ko‘rsatishimiz kerak? Bu borada xalqaro talablar qanday? Buni ham tashkilot o‘rganishi kerak-ku.

Ikki yil avval Qahramon Quronboyev Rossiyaga borib, o‘zbekistonlik migrant yoshlarni ko‘rib kelgandi. Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi? Shu bilan jim bo‘lib ketishdi. Bu kabi masalalar to‘xtab qolmasligi, tizimli ishlashi kerak», deb Akmal Saidovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid