Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyadagi oxirgi ikki konsulxonasini yopadi
AQShning Vladivostokdagi konsulxonasi butunlay yopiladi, Yekaterinburgdagi konsulxona esa faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Shu tarzda, AQShning Moskvadagi elchixonasi Rossiyadagi yagona diplomatik markaz bo‘lib qoladi.
Amaldagi prezident Donald Tramp ma'muriyati AQSh kongressini Amerikaning Rossiyadagi ikki konsulxonasini yopmoqchi ekanligidan xabardor qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
AQShning Vladivostokdagi konsulxonasi butunlay yopiladi, Yekaterinburgdagi konsulxona esa faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi. Shu tarzda, AQShning Moskvadagi elchixonasi Rossiyadagi yagona diplomatik markaz bo‘lib qoladi.
Agentlikning yozishicha, konsulxonalarning yopilishi Rossiya hukumatining mamlakatdagi Amerika diplomatlari sonini cheklash to‘g‘risidagi 2017 yilda qabul qilgan qarori bilan bog‘liq.
Vladivostok va Yekaterinburgda ishlayotgan diplomatlar Moskvadagi elchixonaga o‘tkaziladi, rossiyalik xodimlar esa bo‘shatiladi, deb yozadi AP. Davlat departamenti bu yiliga 3,2 mln dollar iqtisod qilinishiga olib keladi, deb hisoblamoqda.
2017 yilda Rossiya hukumati Amerikaning mamlakatdagi diplomatlari sonini 455 nafargacha – AQShdagi rossiyalik diplomatlar soniga muqobil ravishda qisqartirishni talab qilgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025