Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiya koronavirusning yangi turi sababli Britaniyadan reyslarni qabul qilishni to‘xtatdi
Niderlandiya hukumati Britaniyada koronavirusning tezroq tarqaluvchi yangi turi aniqlangani sababli 1 yanvargacha u yerdan reyslar qabul qilishga cheklov kiritdi.
Niderlandiyada ham virusning ushbu turi bilan kasallanganlar aniqlangan. Shu sababli Sog‘liqni saqlash milliy instituti virusning mamlakatga olib kirilishi xavfini minimallashtirishni tavsiya qilgan.
“Niderlandiyada dekabrda olingan namunalarda Britaniyada kuzatilayotgan tur aniqlandi. Britaniyadan olingan oxirgi xabarlar bilan bog‘liq holda bu hodisa qo‘shimcha o‘rganiladi”, deb aytilgan Niderlandiya hukumati bayonotida.
Cheklov 20 dekabrdan kuchga kiradi.
19 dekabrda Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda koronavirusning yangi turi aniqlanganini ma'lum qildi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, u virusning dastlabki variantidan 70 foizga yuqumliroq hisoblanadi. Shu sababli London va Angliyaning janubi-sharqida 20 dekabrdan koronavirusga qarshi kurash choralari qat'iylashtirilmoqda.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025