Fan-texnika | 22:21 / 21.12.2020
8087
1 daqiqa o‘qiladi

Apple kelasi yili o‘z elektromobilini taqdim etishi mumkin

Ma'lumot berilishicha, elektromobil prototiplari Kaliforniyada maxfiy ravishda sinovdan o‘tkazilmoqda, kelasi yil sentyabrda uning taqdimoti o‘tkazilishi mumkin.

Foto: Wikimedia Commons

Apple kelasi yili o‘zi ishlab chiqargan elektromobilni taqdim etishi mumkin. Bu haqda Economic Daily nashri xabar bermoqda.

 Nashr manbasining aytishicha, Tayvandagi Heda, BizLink-KY, Heqin va Tomita kompaniyalari 2021 yilning ikkinchi choragida elektromobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni ko‘paytirmoqchi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Apple Car uchun butlovchi qismlarni aynan shu kompaniyalar yetkazib berishi ko‘zda tutilmoqda.

Elektromobil prototiplari Kaliforniyada maxfiy ravishda sinovdan o‘tkazilmoqda, kelasi yil sentyabrda uning taqdimoti o‘tkazilishi mumkin, deb yozadi nashr. Apple sinov o‘tkazish uchun 2017 yilda ruxsat olgandi.

Kompaniya 2019 yilda o‘z elektromobilini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgandi. Loyiha Titan nomini olgan, uni amalga oshirish uchun xodimlar soni 600dan 1800 nafargacha oshirilgandi.

Mavzuga oid