Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya bosh vaziri aviaaloqa to‘xtatilgani sababli shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning yangi turi sababli xorijiy davlatlar qirollik bilan aviaaloqani to‘xtatayotgani yuzasidan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi.
Shu maqsadda Britaniya hukumatining favqulodda qo‘mitasi Cobra 21 dekabrda yig‘iladi. Bu haqda Jonsonning vakiliga tayanib AR axborot agentligi xabar berdi.
“Bosh vazir Cobra’ning yig‘ilishiga raislik qiladi. Unda xalqaro tashuvlar masalalari, jumladan Britaniyaga va undan yuklarning barqaror oqimi muhokama qilinadi”, deb ma'lum qilgan Jonsonning vakili.
Ayni vaqtda ko‘plab davlatlar Britaniyada koronavirusning yuqumliroq turi tarqalayotgani sababli mamlakat bilan aviaaloqani to‘xtatishga qaror qildi.
Ma'lum qilinishicha, infeksiyaning yangi turi, shuningdek, Daniya, Niderlandiya, Avstraliya, JAR va Italiyada qayd qilingan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025