Saudiya Arabistoni koronavirusning yangi turi sababli vaqtincha chegaralarini yopdi
Saudiya Arabistoni hukumati koronavirusning Britaniyada tarqalayotgan yangi mutatsiyasi sababli xalqaro aviaaloqani to‘liq to‘xtatishga, quruqlikdagi chegaralarini va dengiz portlarini yopishga qaror qildi. Cheklovlar hozircha bir hafta davom etadi.
“Sog‘liqni saqlash vazirligining bir qator davlatlarda koronavirusning yangi shtammi tarqalayotgani haqidagi ma'lumotlariga asoslanib, ushbu virusning tabiati haqidagi axborot oydinlashmaguncha va aholi xavfsizligini ta'minlash maqsadida hukumat alohida holatlardan tashqari, barcha xalqaro reyslarni to‘xtatishga qaror qildi”, deb ma'lum qilingan podshohlik ichki ishlar vazirligida.
Saudiya Arabistoniga kelgan reyslar mamlakatni tark eta oladi. Shuningdek, podshohlikka qaytuvchilar ikki haftaga karantinga ketishi va koronavirusga test topshirishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, mamlakatga oxirgi 3 oy ichida kelganlar antitanalarga test topshirishlari belgilab qo‘yildi.
Koronavirusning yangi turi o‘tgan hafta Britaniyada aniqlangandi. Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning ma'lum qilishicha, yangi shtamm virusning dastlabki variantidan 70 foiz yuqumliroq bo‘lishi mumkin. Ushbu virus tufayli 10dan ko‘proq mamlakat Britaniya bilan aviaaloqani to‘xtatishiga to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid
08:10 / 12.11.2024
O‘zbekistonga Saudiya kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi
19:01 / 11.11.2024
O‘zbekiston va Saudiya bosh prokurorlari tergov va axborot almashinuvida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzoladi
09:25 / 11.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi
18:01 / 10.11.2024