Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA Blatterga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni so‘radi
Noyabr oxirlarida Shveytsariya federal prokuraturasi Zepp Blatter va UYeFA sobiq rahbari Mishel Platiniga nisbatan tergov ishini kengaytirgandi.
Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) tashkilotning sobiq rahbari Zepp Blatterga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni so‘rab Tsyurix kantoni prokuraturasiga ariza berdi.
Tashkilot saytida ma'lum qilinishicha, Blatter va boshqa qator shaxslar 2016 yilda Tsyurixda ochilgan Jahon futboli muzeyi qurilishida mablag‘lar asossiz sarflanishiga olib kelgan shartnomalarni tuzishga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Loyihaning umumiy xarajati 500 mln shveysar frankini tashkil etgan, ushbu mablag‘ning 140 mln frankka yaqini FIFAga tegishli bo‘lmagan binoni ta'mirlash va modernizatsiya qilishga sarflangan. Bundan tashqari, ijara shartnomasi foydali bo‘lmagan shartlar asosida tuzilgan.
Blatterning advokati Shveytsariya OAVga bergan intervyusida ayblovlarni asossiz deb atadi.
Noyabr oxirlarida Shveytsariya federal prokuraturasi Zepp Blatter va UYeFA sobiq rahbari Mishel Platiniga nisbatan tergov ishini kengaytirgandi.
Prokuraturaning ma'lumot berishicha, ularga nisbatan "tovlamachilikda gumon qilinish" bo‘yicha ham surishtiruv olib borilmoqda. Shu sababli tergovchilar 1998-2015 yillarda FIFAni boshqargan Blatterning 2011 yilda tashkilot hisobidan Platini hisobiga 2 mln shveysar franki (1,8 mln yevro) o‘tkazganligi holatini o‘rganmoqda.
Mavzuga oid
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
21:00 / 12.03.2025
FIFA Jahon Kubogini isloh qilib, ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazmoqchi
14:44 / 17.12.2024
FIFA Ukraina xaritasini Qrimsiz ko‘rsatganidan «afsusda»
20:53 / 11.12.2024