Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adham Ikromov SSPning hududiy bo‘limlarida yoshlarni kasbga o‘rgatishni taklif qildi
23 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari prezidiumi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2020 yil yakunlari bo‘yicha faoliyat natijalari va 2021 yil istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Unda so‘zga chiqqan palata raisi Adham Ikromov hududiy idoralardagi o‘quv markazlari asosida, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda, yoshlarni kasbga o‘rgatishni taklif qildi.
«Agar har bir tadbirkor o‘z hududidagi «Tyemir daftar», «Yoshlar daftari» hamda «Ayollar daftari»ga kiritilgan va albatta kasb-hunarga o‘qitilgan fuqarolardan imkoniyati doirasida kamida 1 nafarini ish bilan ta'minlasa, o‘rtacha hisobda 400 ming nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi daromad manbayiga ega bo‘ladi va ular orqali o‘rtacha 3 nafar oila a'zosi (jami 1,2 mln kishi) bundan manfaatdor bo‘ladi», – dedi Adham Ikromov.
Ma'lum qilinishicha, palata a'zolari manfaatida 105 mingga yaqin da'vo arizasi kiritilgan; shuningdek, 1,8 mingta holatda nizolar mediatsiya jarayonida hal etilgan, 865 ta qonun va qonunosti hujjatlari hamja boshqa me'yoriy hujjatlarning loyihalari tadbirkorlik faoliyatiga ta'sirini baholash bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazilgan.
Pandemiyadan zarar ko‘rgan 60 mingdan ortiq kichik biznes sub'yektlari mol-mulk va yer solig‘idan ozod qilingan, 21 mingta tadbirkorga foydalanilmayotgan obektlari (yer, bino) uchun yuqori stavkadagi soliq va jarimalarni undirish to‘xtatilgan, 329 mingta kichik biznes sub'yekti uchun ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizga kamaytirilgan, 4 mingdan ortiq eksport qiluvchi debitorlik qarzlari mavjud korxonalarga jarimalarni qo‘llash to‘xtatilgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining 52 foizdan ko‘prog‘i so‘nggi 3 yil ichida tashkil etilgani aytildi.
Mavzuga oid
16:55 / 13.01.2025
Ayrim ta’lim tashkilotlari oshxonalari tadbirkorlarga auksion orqali ijaraga beriladi
16:29 / 21.10.2024
Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
00:22 / 25.12.2022
Adham Ikromov Savdo-sanoat palatasi rayosati raisi lavozimiga tayinlandi
18:57 / 01.12.2022