O‘zbekiston | 08:30 / 23.12.2020
7732
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

BARAKA MARKeT oziq-ovqat do‘konlarining yangi chakana savdo tarmog‘i haqida mijozlar qanday fikrda?

Bugungi kunda Toshkentning 7 ta tumanida «quyoshli» 11 ta do‘kon o‘zining yorqinligi bilan zavqlantirib, ajoyib kayfiyat bag‘ishlamoqda. BARAKA MARKeT poytaxt aholisi asosan nimalarni sotib olishayotganini va chakana savdo tarmog‘i rastalarida yana nimalar sotilishini istashlarini aniqlab olish maqsadida qisqa so‘rovnoma o‘tkazishga qaror qildi. Va, albatta, xizmat haqida mijozlarimizning fikrlarini va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflarini bilib olish uchun ham bu ishga qo‘l urildi.

Ulardan eng qiziqarlilari ushbu materialda jamlangan.

Zuxra, 43 yoshda, uy bekasi

– Yangi do‘kon haqida ijtimoiy tarmoqdan bilib oldim va turmush o‘rtog‘im bilan birgalikda uni borib ko‘rishga qaror qildim. Menga juda yoqdi – ozoda, yorug‘ va yorqin do‘kon. U yer tartibli, barcha sanitariya me'yorlariga rioya qilingan va kerakli mahsulotni topish oson. Yaxshi assortiment, barchasi bir joyda. Mening fikrimcha, endi borib, kelajakda foydalanish uchun zaxiralashga xarid qilishning hojati yo‘q. Agar siz bizning hududimizda – Olmazor tumanida, Qoraqamish 2/4 da ham do‘konlaringizni ochsangiz juda xursand bo‘lamiz.

Laylo, 35 yosh, yakka tartibdagi tadbirkor

– Uyim yaqinidagi do‘konlardan yangi meva va sabzavotlarni topish men uchun har doim muammo bo‘lgan. Qachon borsam ham, ular menga doim bir xil javob berishadi – ertaga hammasini olib kelamiz, bugun tugadi. Bugun BARAKA MARKeTga kirdim. Yangi mahsulotlar (fresh) bo‘limidagi tovarlar juda sifatli. Meni assortiment hayron qoldirdi, hattoki avokado sotib oldim, odatda buning uchun shahar markaziga borar edim.

Marina, 26 yoshda, yosh ona

– Uyning yonida bunday do‘kon ochilgani va eng muhimi, uning soat 23.00 gacha ochiq ekani ajoyib. Bu juda qulay. Chunki turmush o‘rtog‘im ishdan kech keladi va u uyga oziq-ovqat sotib olishi mumkin. Bu yerda hamma kerakli narsani bitta joyda sotib olishingiz mumkin va narxlar yuqori emas. Men uchun ona sifatida yangi sifatli mevalar va sut mahsulotlari juda muhimdir. Ushbu do‘kon ochilgani juda yaxshi bo‘ldi. Yaqinda boshqa do‘konlarda anchadan beri uchratilmagan nonni shu yerdan topdim. Yangi yil uchun mahsulotlarni hech qayerga bormasdan hammasini shu yerdan xarid qilishga qaror qildik.

Bahodir, 38 yoshda, buxgalter

– Sizda yaxshi assortiment mavjud, uy uchun hamma narsani sotib olish mumkin. Ammo, shu bilan birga, men bu yerda yangi, toza baliqlar ham sotilishini taklif qilgan bo‘lar edim. Men haftada bir marta oilam uchun sudak balig‘ini pishirishni yaxshi ko‘raman. Uni sotib olish uchun qayergadir uzoqqa borishga esa vaqt yo‘q.

Anjyela, 29 yoshda, jurnalist

– Do‘konlar yaxshi, ozoda, zamonaviy, ko‘plab mahalliy mahsulotlar, lekin men bu yerga kelib yangi narsa topaman deb o‘yladim. Agar ko‘proq import mahsulotlarini olib kirsangiz juda yaxshi bo‘lar edi. Uzoq vaqt davomida Moskvada yashaganman va u yerda sut hamda pishloq mahsulotlarining turlari ancha ko‘pligiga o‘rganib qolganman va shu kabi assortimentni bu yerda ham ko‘rishni istardim.

Temur, 49 yoshda, taksi xizmati haydovchisi

– Men o‘tib ketayotib, yo‘l yuzidagi yorqin to‘q sariq bannerli yozuvni ko‘rdim. Buni sezmaslikning iloji yo‘q va men yangi do‘konga kirib ko‘rishga qaror qildim va hayron qoldim. Ozoda, yorug‘ do‘kon. Meva-sabzavot, go‘sht va makaron mahsulotlari keng assortimentda. Ammo, ayniqsa, mehribon va e'tiborli xodimlar yodimda qoldi – bir xodim keksa ayolga oziq-ovqatlarini ko‘tarishib olib borishda yordam berganini ko‘rdim. Uyga ko‘p mahsulotlar sotib olishga qaror qildim, chunki narxlari menga yoqdi. Nukus shahrida ham bu kabi savdo do‘konlarini ochishingizni istar edik.

So‘rov davomida ma'lum bo‘lishicha, har bir mahallada BARAKA MARKeT do‘konlarini kutishmoqda. Eslatib o‘tamiz, dekabr va yanvar oylarida poytaxt tumanlarida 50 ta savdo joylari ochiladi. 2021 yilda siz BARAKA MARKeT «quyoshli«» do‘konlarini nafaqat Toshkentda, balki respublikaning boshqa hududlarida ham topishingiz mumkin bo‘ladi.

Do‘konlar allaqachon quyidagi manzillarda ochilgan:

  • Chilonzor tumani, Chilonzor ko‘chasi, 4-uy;
  • Chilonzor tumani, Gulxaniy ko‘chasi, 9A-uy;
  • Sergeli tumani, Shokir ariq ko‘chasi, 100-uy;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 54-uy;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 26/1-uy;
  • Mirobod tumani, Yakkachinor ko‘chasi, 4-uy;
  • Yunusobod-8, Amir Temur shohko‘chasi, 32A uy;
  • Uchtepa tumani, Katta Qa'ni ko‘chasi;
  • Uchtepa tumani, Xo‘jaobod mahallasi, Sharof 9-o‘tish yo‘li;
  • Shayxontohur tumani, Qodiriy ko‘chasi, 35-uy;
  • Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 88-uy;

23 dekabr kuni soat 10.00 da yana ikkita savdo joyining bayramona ochilishi bo‘lib o‘tadi:

  • Shayxontohur tumani, Beltepa, 7;
  • Yakkasaroy tumani, Kichik halqa yo‘li, 8/1;

Va hafta oxirigacha yana 5 ta BARAKA MARKeT do‘koni ochiladi.

Yangiliklarni kuzatib boring, bayramona ochilishlarga tashrif buyuring va ijtimoiy tarmoqlarda o‘z taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashing. Eng faol obunachilarimiz uchun biz esdalik sovg‘alari va mukofotlar tayyorlab qo‘ydik.

Veb-sayt: barakamarket.uz

Facebook: fb.com/barakamarket.uz

Instagram: @barakamarket.uz

Telegram: t.me/barakamarket_uz

Telefon: +99890 024-17-10

 Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid