Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google 2020 yilda eng ko‘p izlangan mavzular va yangiliklar ro‘yxatini e'lon qildi
Google e'lon qilgan statistikada eng ko‘p qidirilgan mavzular, eng ommabop bo‘lgan yangiliklar, ko‘pchilikni qiziqtirgan shaxslar ro‘yxati aks etgan.
Bu yil eng ko‘p qidiruvga berilgan mavzu koronavirus bo‘ldi. Keyingi o‘rinlardan esa yana koronavirus statistikasi, uning alomatlari bilan bog‘liq so‘rovlar joy oldi. Saylov natijalari, Jo Bayden haqida ma'lumotlar ham ko‘p izlangan.
Karantin cheklovlari tufayli maktablar, OTMlar, ishxonalarda masofaviy ish va o‘qish joriy etilishi Google classroom, Zoom kabi onlayn platformalarning so‘rovlar top 10taligiga kirishiga sabab bo‘lgan.
Google’ga ko‘ra, 2020 yilda eng ko‘p o‘qilgan yangilik ham koronavirus mavzusi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu yil odamlarni eng ko‘p qiziqtirgan yangiliklar ichida saylovlar natijalari, xantavirus, Bayrut, Eron, ishsizlik, AQShda qora tanli fuqaroning politsiyachi tomonidan o‘ldirilishidan so‘ng boshlangan harakatlar ham bor.
Google bu yil odamlarni eng qiziqtirgan shaxslar ro‘yxatini taqdim etdi:
- Jo Bayden – AQShning yangi saylangan prezidenti;
- Kim Chen In – Shimoliy Koreya yetakchisi;
- Boris Jonson – Buyuk Britaniya bosh vaziri;
- Kamala Harris – AQShning keyingi vitse-prezidenti bo‘lishi kutilayotgan birinchi ayol;
- Tom Henks – amerikalik aktyor.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025