Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gretsiyada vaksinani antiterror bo‘linmasi va minglab politsiyachilar qo‘riqlamoqda
Vaksinalar dori vositalarini saqlash bo‘yicha barcha talablarga javob beradigan maxsus binolarda saqlanmoqda va o‘sha yerdan 450ta vaksinatsiya markaziga tarqatiladi.
25 dekabr kuni Gretsiya Pfizer-BioΝTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi dastlabki 9750 doza vaksinasini oldi. Vaksinalarni minglab politsiya xodimlari antiterror bo‘linmasi bilan hamkorlikda qo‘riqlaydi, deb yozadi Greek Reporter.
Qayd etilishicha, vaksinalar dori vositalarini saqlash bo‘yicha barcha talablarga javob beradigan maxsus binolarda saqlanmoqda va o‘sha yerdan 450ta vaksinatsiya markaziga tarqatiladi.
Gretsiya politsiyasi ishlab chiqqan maxsus rejaga ko‘ra, vaksinalarni antiterror bo‘linmasi xodimlari va to‘rt ming nafar politsiyachi qo‘riqlaydi.
Hukumat vakili Stelios Petsasning so‘zlariga ko‘ra, Gretsiya koronavirusga qarshi birinchi transh doirasida 300 ming doza vaksina olishni mo‘ljallamoqda. Mamlakatda dastlab 150 ming kishini emlash rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Yevroittifoqning barcha mamlakatlariga koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berilgani va ertadan ommaviy emlash boshlanishi ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
15:23 / 01.03.2025
Gretsiyada yirik poyezd avariyasining ikki yilligi munosabati bilan namoyishlar bo‘lib o‘tdi
01:46 / 13.02.2025