Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya ta'siriga qarshilik ko‘rsatish uchun 290 mln dollar yo‘naltiradi
"Xitoyning ta'siriga qarshilik ko‘rsatish uchun" 300 mln dollar ajratiladi.
AQSh hukumati "Rossiya ta'siriga qarshilik ko‘rsatish uchun" 290 mln dollar yo‘naltiradi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp imzolagan hukumatning 2021-moliya yilidagi faoliyati to‘g‘risidagi qonun loyihalari hujjatlar paketida aytilmoqda.
Unga ko‘ra, "Rossiyaning ta'siri va uning butun dunyodagi demokratik institutlarga nisbatan ishonchsizlik uyg‘otish maqsadidagi urinishlariga qarshi" 290 mln dollar ajratiladi.
Bunda xususan, "Amerika ovozi" va "Ozodlik/ Ozod Yevropa" radiostansiyalarini moliyalashtirish to‘g‘risida gap boradi.
Shu bilan birga, "Xitoyning ta'siriga qarshilik ko‘rsatish uchun" 300 mln dollar ajratiladi.
Hujjatda aytilishicha, shuningdek, Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlarining huquqni muhofaza qiluvchi organlari va xavfsizlik kuchlari salohiyatini kuchaytirish hamda xavfsizlik sohasida hamkorlikni mustahkamlash dasturlari uchun" ham mablag‘ ajratiladi.
Bundan tashqari, AQSh budjetidan "Rossiya va Yevropa, Yevrosiyo hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida demokratiyani rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni qo‘llab-quvvatlash uchun" ham mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025