Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyadagi kurortda karantinda bo‘lgan 400 nafardan ortiq britaniyalik turist g‘oyib bo‘ldi
Kurortda karantinga olingan 420 nafar britaniyalikdan bor-yo‘g‘i 20 nafarga yaqini qolgan.
Shveytsariyadagi Verbe tog‘-chang‘i kurortiga kelgan va o‘n kun karantinda o‘tirishi kerak bo‘lgan buyuk britaniyalik 400 nafardan ortiq turist g‘oyib bo‘ldi, deb yozmoqda Daily Telegraph.
Buyuk Britaniya hukumati mamlakatda koronavirusning o‘ta yuqumli shtammi aniqlagani to‘g‘risida ma'lum qilganidan so‘ng Shveytsariya hukumati 20 dekabrda Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgandi. Mamlakatga 14 dekabrgacha kelgan britaniyalik turistlarga o‘n kun karantinda o‘tirish kerakligi belgilangandi.
27 dekabr kuni Verbedagi mehmonxonalar egalari britaniyalik turistlar hattoki nonushta ham qilmasdan mehmonxonalarni tark etgani va aloqaga ham chiqmay qo‘ygani to‘g‘risida xabar berishdi. Ma'lum bo‘lishicha, kurortda karantinga olingan 420 nafar britaniyalikdan bor-yo‘g‘i 20 nafarga yaqini qolgan.
Verbe kurorti joylashgan Vale kantoni hukumati boshlig‘i Kristof Darbelle chegaralar "teshik" ekanligini, odamlar hech qanday hujjat ko‘rsatmasdan butun Yevropa bo‘ylab sayohat qilishlari mumkinligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim britaniyaliklar Verbeni mashinada tark etgan va allaqachon o‘z yurtlariga yetib borishgan.
Ba'zi turistlar esa chang‘ida Fransiyaga o‘tib ketgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Shveytsariyada majburiy karantin qoidalarini buzganlik uchun 10 ming frankkacha jarima belgilangan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025