Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimi joriy etiladi
Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida kelgusi yilda professional ta'lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilinishi, 1 yanvardan talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimi joriy etilishini ma'lum qildi.
«Yoshlar o‘rtasida bandlikni ta'minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalasi e'tiborimiz markazida bo‘ladi.
Buning uchun kelgusi yilda professional ta'lim tizimi mehnat bozoridagi talab va xalqaro andozalarga mos yangicha yondashuvlar asosida isloh qilinadi. Bundan buyon ishchi kasblar bo‘yicha talab qo‘yishda malaka asosiy o‘ringa chiqadi.
Shuning uchun, Hukumat kelgusi yil 1 yanvardan talab yuqori bo‘lgan ishchi kasblar bo‘yicha fuqarolarning malaka darajasini tasdiqlash tizimini joriy etsin.
Xabaringiz bor, kuni kecha Yoshlar forumidagi uchrashuvimizda yoshlar tadbirkorligi va bandligini ta'minlash uchun 100 million dollar ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildik.
Bundan tashqari, yoshlarning biznes loyihalarini kreditlash hamda ularni kasb-hunarga o‘qitish uchun 1 trillion so‘m va 50 million dollar ajratiladi», dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
19:45 / 06.02.2024
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi
19:10 / 22.01.2024
Prezidentga sportdagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi
19:05 / 22.01.2024
«Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi» tashkil etiladi
09:47 / 19.01.2024