Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 mingdan ortiq bemor ilk bor bepul gemodializ xizmati bilan qamrab olinadi
2021 yilda birinchi marta 5 mingdan ortiq bemor bepul gemodializ xizmati bilan qamrab olinadi, buning uchun budjetdan 140 mlrd so‘m ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomada ma'lum qildi.
«O‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan 5 mingdan ortiq bemor ilk bor bepul gemodializ xizmati bilan qamrab olinadi va shu maqsadlar uchun budjetdan 140 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, endokrin kasalliklarni aniqlash va davolash maqsadida hududiy shifoxonalarda maxsus bo‘limlar tashkil etiladi. Buning uchun 2021 yilda budjetdan 150 mlrd so‘m ajratiladi.
Hozirgi kunda 12 mingdan ziyod fuqarolarimiz oqqon va og‘ir irsiy gematologik kasallliklardan aziyat chekmoqda. Kelgusi yilda onkogematologiya sohasi hamda davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha murakkab diagnoztika va tibbiy amaliyot uchun budjetdan 250 mlrd so‘m ajratiladi.
Yana bir masala. Aholimizning katta qismini qiynaydigan o‘tkir qon-tomir kasalliklar bo‘yicha 35ta tumanlararo markaz tashkil etamiz. Ushbu markaz aholiga infarkt va insult holatlarida tezkor va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish orqali o‘lim va nogironlikni kamaytirishga xizmat qiladi. Shu tariqa, har yili kamida 30 ming nafar insonning hayoti saqlab qolinadi», degan davlat rahbari.
Mavzuga oid
19:45 / 06.02.2024
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi
19:10 / 22.01.2024
Prezidentga sportdagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi
19:05 / 22.01.2024
«Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi» tashkil etiladi
09:47 / 19.01.2024