Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har bir tuman va shahar markazlarida piyodalar va velosiped yo‘laklari quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida keyingi yil uchun belgilangan muhim vazifalarni belgilab berdi. U parlamentga murojaatining beshinchi ustuvor vazifasi sifatida shu haqda gapirdi.
«Jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish aholi salomatligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.
Kelgusi yilda 70ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi qurish hamda 16 mingta maktab va bog‘chani sport jihozlari bilan ta'minlashga 100 mlrd so‘m ajratiladi.
Shuningdek, barcha tuman va shahar markazlarida maxsus piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etiladi.
Aholini ommaviy sport turlariga keng jalb etish orqali esa 2021 yilda qamrov hozirgi 19 foizdan 25 foizga yetkaziladi», dedi Mirziyoyev.
Davlat rahbari sport mavzusida gapirar ekan, O‘zbekiston oldida turgan yana bir muhim vazifani eslatdi.
«Yaqinda Osiyo olimpiya kengashi 2025 yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarini Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu mamlakatimizga ko‘rsatilgan katta ishonch. Ayni paytda buning mas'uliyati ham katta. Qit'amiz miqyosida ushbu musobaqaga hozirdan yaxshi hozirlik ko‘rish lozim», – dedi u.
Mavzuga oid
19:45 / 06.02.2024
Elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari taqdimot qilindi
19:10 / 22.01.2024
Prezidentga sportdagi natijalar va rejalar bo‘yicha axborot berildi
19:05 / 22.01.2024
«Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi» tashkil etiladi
09:47 / 19.01.2024