Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat madaniy meros obektlarining hisobini yuritish va himoyalash bo‘yicha dastur qabul qiladi
Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga qilgan murojaatida keyingi paytlarda bebaho madaniy merosimiz bo‘lgan ayrim obidalarimizga zarar yetkazish holatlari uchrayotgani, hukumat madaniy meros obektlarining himoyasini ta'minlash bo‘yicha alohida dastur qabul qilishi lozimligiga to‘xtaldi.
“Boy tariximiz durdonasi bo‘lgan 7 mingdan ziyod madaniy meros obektini asrab-avaylab, kelajak avlodlar uchun bezavol yetkazishimiz zarur. Afsuski, keyingi paytlarda bebaho madaniy merosimiz bo‘lgan ayrim obidalarimizga zarar yetkazish holatlari uchrayotgani bu borada e'tibor susayganidan dalolat beradi.
Bu ish nafaqat Madaniyat vazirligi, balki mahalliy hokimliklar, mahalla, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilikning ham diqqat markazida bo‘lishi kerak.
Hukumat bir oy muddatda madaniy meros obektlarining hisobini yuritish, saqlash va himoyasini ta'minlash bo‘yicha alohida dastur qabul qilishi lozim”, – dedi prezident.
Mavzuga oid
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
22:21 / 08.05.2025
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
18:38 / 28.04.2025