Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Honda Rossiyaga avtomobil yetkazib berishni to‘xtatadi
Rossiyada noyabr oyida bor-yo‘g‘i 79 dona Honda avtomobili sotilgan.
Yaponiyaning Honda avtokonserni 2022 yildan Rossiyaga avtomobil yetkazib berishni to‘xtatadi. Bu haqda «Xonda Motor Rus» shu'ba kompaniyasi ma'lum qildi.
Kompaniyaning izoh berishicha, Honda Motor jahon avtomobilsozlik sanoatida davom etayotgan o‘zgarishlar sharoitida amaliyotlarni restrukturizatsiya qilishga yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirmoqda.
Honda Rossiyada o‘z avtomobillariga sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishni davom ettirishga va'da bergan.
Hozirda Honda Rossiyada dilerlar orqali o‘zining atigi ikkita —Honda CR-V va Honda Pilot krossoverlarini sotmoqda.
Yevropa biznesi assotsiatsiyasining ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiyada noyabr oyida bor-yo‘g‘i 79 dona Honda avtomobili sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu oyidagiga nisbatan ikki baravarga kam. Honda Rossiyada avtomobillarini sotuvchi kompaniyalar orasida 40-o‘rinda turibdi. Kompaniya yil boshidan beri 1383 dona avtomobil sotgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025