Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va AQSh S-400 masalasini hal etish bo‘yicha ishchi guruh tuzdi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘luning qayd etishicha, Vashington Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritganidan keyinoq hamkorlik taklif qilgan.
Turkiya va AQSh Anqara Rossiyadan sotib olgan S-400 zenit raketa tizimlari masalasini hal qilish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzdi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu ma'lum qildi.
"S-400 bo‘yicha AQSh bilan qo‘shma ishchi guruh tashkil etildi, texnik muzokaralar boshlandi", - dedi Chovusho‘g‘lu.
Uning qayd etishicha, Vashington Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritganidan keyinoq hamkorlik taklif qilgan.
"Biz AQShning yangi ma'muriyati bilan ijobiy munosabatlarni ushlab turishga harakat qilamiz", - deb qo‘shib qo‘ydi u.
Avvalroq AQSh Turkiya Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimlarini sotib olgani uchun mamlakat mudofaa sanoati kotibiyati va uning rahbari Ismoil Demirga nisbatan sanksiyalar joriy etgandi.
Turkiya bunga javoban Anqara AQSh sanksiyalarini qoralashi hamda javob choralari ko‘rishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025