Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya taraqqiyot agentligi Navoiyda oqova suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshiradi
Navoiy viloyatining Karmana shahrida aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarini oqova suv xizmatlari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish maqsad qilingan.
Vazirlar Mahkamasining “Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida “Navoiy viloyati Karmana shahrida oqava suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilishicha:
a) Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan O‘zbekistonga “Navoiy viloyati Karmana shahrida oqava suv tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 20 yil mobaynida qaytarish muddati bilan 26,7 mln. yevro miqdoridagi qarz ajratilishi ma'qullangan;
b) loyihaning umumiy qiymati 30,0 mln. yevroni, shu jumladan:
Agentlik qarzi – 26,7 mln. yevroni;
loyihani amalga oshirishda O‘zbekistonning hissasi –
qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplash, soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishda 3,3 mln. yevroni tashkil etadi;
v) loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2021-2024 yillar) tashkil etadi.
Belgilab qo‘yilishicha:
“O‘zsuvta'minot” aksiyadorlik jamiyati loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishini, Agentlikning qarz mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanilishini ta'minlaydigan mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
ijro etuvchi organ huzurida Agentlik qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan Agentlik ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhi tashkil etiladi;
Navoiy viloyati hokimligi “O‘zsuvta'minot” AJ bilan birgalikda loyihalarning sifatli amalga oshirilishi va Agentlik qarz mablag‘larining qaytarilishi uchun javobgarlik yuklanadi;
Loyihani amalga oshirish davrida moliyaviy va boshqa xarajatlarni to‘lash Agentlik qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston moliya vaziriga:
O‘zbekiston nomidan Agentlik bilan loyihani amalga oshirish uchun qarz bitimini;
Navoiy viloyati hokimligi va “O‘zsuvta'minot” AJning “Navoiy suv ta'minoti” mas'uliyati cheklangan jamiyati o‘rtasida Agentlik qarzini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati beriladi.
Mavzuga oid
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
15:03 / 04.05.2025
Navoiyda ikki nafar yoshlar yetakchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi
12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi
21:21 / 05.04.2025