Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vaksinatsiyaning hozirgi sur'atida AQShga koronavirusga qarshi kurashish uchun 10 yil kerak bo‘ladi – OAV
“G‘aroyib tezlik” operatsiyasiga ko‘ra, iyun oyiga kelib 330,7 mln nafar AQSh aholisining 80 foizi koronavirusga qarshi emlanishi lozim.
AQShda vaksinatsiyaning hozirgi sur'atida mamlakatdagi koronavirus epidemiyasini bartaraf etish uchun o‘n yilga yaqin vaqt kerak bo‘ladi. Bu haqda vaziyat tahlillariga asoslanib NBC News yozmoqda.
"NBC News AQSh ma'muriyatining koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha dasturining amaldagi sur'atini tahlil qilishi shuni ko‘rsatdiki, amerikaliklarni yetarlicha vaksinatsiya qilish va pandemiyani nazoratga olish uchun qariyb o‘n yil kerak bo‘ladi", - deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, “G‘aroyib tezlik” operatsiyasiga ko‘ra, iyun oyiga kelib 330,7 mln nafar AQSh aholisining 80 foizi koronavirusga qarshi emlanishi lozim.
"Bu maqsadga erishish uchun kuniga 3 milliondan ortiq kishi emlanishi kerak. Ammo o‘tgan ikki hafta davomida atigi 2 millionga yaqin kishi emlandi", - deya qayd etadi NBC News.
Hozirda emlanganlarning aksariyati shifokorlar yoki qariyalar uyida yashaydigan keksalardir.
Avvalroq AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden vaksinatsiyani tezlashtirish uchun harbiy davr qonunidan foydalanilishini aytgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025