Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada yangi yilga o‘tar kechasi an'anaga ko‘ra yuzlab avtomobillarga o‘t qo‘yildi
Bir yil avval 1457 dona avtomobilga o‘t qo‘yilgan bo‘lib, bu tarixiy rekord hisoblanadi.
Yangi yil tunida butun Fransiya bo‘yicha 861 dona avtomobilga o‘t qo‘yildi. Bu haqda politsiya ma'lumotlariga tayanib Europe 1 radiostansiyasi xabar berdi.
Bir yil avval 1457 dona avtomobilga o‘t qo‘yilgan bo‘lib, bu tarixiy rekord hisoblanadi. Bu yil huquqni muhofaza qilish organlari prefektlar kesimida o‘t qo‘yilgan avtomobillar sonini e'lon qilmadi.
Mamlakat ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanen guruhlar o‘rtasida avtomobilga o‘t qo‘yish bo‘yicha musobaqalashishga yo‘l qo‘ymaslik uchun prefektlardan ma'lumotlarni e'lon qilmaslikni talab qildi.
Fransiyada ko‘p yillardan buyon 1 yanvarga o‘tar kechasi avtomobillarga o‘t qo‘yish an'anaga aylangan bo‘lib, hukumat bunga qarshi hech narsa qila olmayapti.
1 yanvardan Fransiyaning 15ta departamentida cheklovlar kuchaytirildi. Endilikda komendantlik soati 20:00dan emas, balki 18:00dan boshlanadi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025