Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marhamat tumanida tut daraxtlariga nega «belbog‘ taqiladi»?
Kuz-qish oylarida Andijon viloyati Marhamat tumanida bo‘lsangiz, yo‘llar chetidagi tut daraxtlari «beli»ga poxoldan «belbog‘» taqilganiga ko‘zingiz tushadi.


Kun.uz muxbiri nima sababdan shunday qilinishi bilan qiziqib, tuman hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari, agronom Tursunali Aliqulovga murojaat qildi.
«Tutga poxol bog‘lash ota-bobomizdan qolgan udum bo‘lib, hozirda profilaktik tadbir vazifasini o‘taydi. Barchaga ma'lum, qishda ko‘plab hasharotlar, shu jumladan zararkunandalar ham tut daraxtlari tanasida qishlaydi.


Agar tutga bir metr balandlikda poxol bog‘lab qo‘yilsa, zararkunandalar uning orasiga kirib olib, qishni o‘sha yerda o‘tkazadi. Bahorda esa poxollarni yig‘ishtirib, chekkaroq joyda yoqib yuborilsa, zararkunandalar qirilib ketadi.
Shu tariqa, tut daraxtlariga zararkunandalar tomonidan ziyon yetkazilishi 25 foizga kamaytiriladi», – deydi Tursunali Aliqulov.

Qayd etish joiz, Marhamat tumanida pillachilik bo‘yicha o‘ziga xos maktab bor – marhamatlik pillakorlar har yili chillaki xirmondan yuqori hosil oladilar.
Bundan tashqari, tumandagi tut yetishtiruvchi dehqonlar tomonidan «Marhamat» va «Marhamat 2011» nomli yangi tut navlari yaratilgan.
Elmurod Ermatov
Mavzuga oid
17:09 / 25.01.2025
“O‘zbekistonda bunaqasi bitta”: Marhamatdagi aylana kutubxonaga sayohat
18:35 / 04.01.2025
“Katta miqdorda maosh beramiz deyishdi” – Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi
19:45 / 15.02.2024
Shavkat Mirziyoyev Marhamat tumaniga bordi
20:07 / 11.02.2024