Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bozorlardagi narxlar: Vodiyda 30 ming so‘mdan oshgan bodring, qimmatlagan tuxum va sut
Kun.uz’ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi muxbirlari o‘z hududlaridagi markaziy dehqon bozorlaridagi 3 yanvar kungi narx-navolar haqida ma'lumot to‘plashdi.
Jami 18 turdagi oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha narxlari to‘plab, tartiblanib, o‘tgan haftadagi narxlarni solishtirish asnosida bozorlardagi aksariyat mahsulotlar narxida keskin o‘zgarish ko‘zga tashlanmayapti.
Oldingi haftada narxi pasayish tomon yuz tutgan bodring narxida yanada oshish kuzatildi. Vodiy bozorlarida bu sabzavotning eng sifatlisi kilogrammi 30 ming so‘mdan qimmatroqqa sotilmoqda. Buni issiqxonalarning gaz tarmog‘idan uzilgani hamda yangi yil dasturxoniga asosiy salatlar uchun bodring ishlatilishi bilan tushuntirish mumkin. Pomidor narxlarida esa aksincha, tushish kuzatilmoqda.
Biroz muddat avval oshib, so‘ngra narxi pasaygan tuxum narxi yana ko‘tarildi. Bu ham tuxum salatlarga va shirinliklar tayyorlashda ishlatilishi tufayli unga talab oshgani bilan izohlanishi mumkin. Sut narxida ham o‘sish kuzatilmoqda. Ayrim joylarda uning litri 6 ming so‘mga yetgan.
Shakar narxida ham sezilarli ko‘tarilish ro‘y bergan. Aksariyat joylarda bu mahsulot o‘rtacha 8 ming so‘mdan sotilmoqda. Qo‘qondagi bozorda 10 ming so‘mlik narxlarga ham guvoh bo‘lish mumkin.
Mandarinning kattasi kilogrammi 10-15 ming so‘mdan sotilayotgan bo‘lsa, aksariyat joylarda kichik va danaksiz mandarin 45 ming so‘mgacha savdoga chiqarilgan.
Go‘sht narxi hamon barqaror: joylarda mol go‘shti 55-65 ming so‘m oralig‘ida sotilayotgani, qo‘y go‘shti o‘rtacha 65-70 ming so‘m ekanligi qayd etildi.

Mavzuga oid
22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
10:02 / 16.04.2025
Toshkentdagi «Risoviy» bozori kimoshdi savdosiga qo‘yildi
09:33 / 28.03.2025