Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kontrakt miqdorlari moliyaviy mustaqil OTMda ham o‘zgarishsiz qoladi» – vazir o‘rinbosari
Moliyaviy mustaqil OTMlarda ham 2020-2021 o‘quv yilining ikkinchi yarmida to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonovga asoslangan holda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
«Bu kabi OTMda ham kontrakt to‘lovlari o‘zgarishsiz qoladi, chunki ular ham davlat ta'lim muassasalari.
Biz ularga (moliyaviy mustaqillik berilgan OTM nazarda tutilmoqda) ham vakolatimiz doirasida, pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda tushuntirish beramiz», – degan Buzrukxonov.
Ma'lumot uchun, 2020 yil 1 yanvardan quyidagi 10 ta oliy ta'lim muassasasi tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi belgilangan:
- Samarqand davlat Chet tillari instituti;
- Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti;
- Toshkent davlat Yuridik universiteti;
- Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti;
- Toshkent Moliya instituti;
- Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti;
- Toshkent Farmatsevtika instituti;
- O‘zbekiston davlat Jahon tillari universiteti;
- Urganch davlat universiteti;
- Toshkent Temir yo‘l muhandislari instituti.
Mavzuga oid
10:53 / 16.05.2025
O‘zbekistonda har bir OTM o‘z brendini shakllantiradi
20:49 / 07.05.2025
Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidagi ta’limni rasvo deb atadi. Vazirlik rad etdi
20:45 / 06.05.2025
Sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi
22:51 / 03.05.2025