Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusni 10 soniyada aniqlovchi qurilma ishlab chiqildi
Anqaradagi Bilkent universiteti olimlari koronavirusni 10 soniyada aniqlovchi qurilmani ishlab chiqishdi. Diagnovir deb nomlangan qurilma koronavirusni so‘lak namunalarida aniqlay oladi.
Buning uchun namuna maxsus aralashma bilan aralashtirilib, so‘ngra yuqumli infeksiyalarni aniqlash uchun chipga joylashtiriladi. Agar biosensor infeksiya borligini aniqlasa, qurilmaning optik tizimi yorug‘lanish rangini o‘zgartiradi. Koronavirusni tekshirish jarayoni 10 soniyadan oshmaydi.
Olimlarning ta'kidlashicha, asbob samaradorligi 99 foizga yetadi. Unda qo‘llanuvchi texnologiya turk mutaxassislari tomonidan 7 oy ichida ishlab chiqilgan va nafaqat koronavirus, balki boshqa patogenlarni ham aniqlay oladi. Ayni vaqtda qurilmani patentlash rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
19:11 / 13.04.2025
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi
17:48 / 07.02.2025
Anqarada qalbaki alkogoldan 33 kishi vafot etdi
01:02 / 24.10.2024
Anqaradagi terakt qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Erdo‘g‘an Qozonga tashrifini yakunlamoqda
20:55 / 23.10.2024