Jahon | 19:48 / 05.01.2021
6738
1 daqiqa o‘qiladi

Armaniston prezidenti Londonga safari chog‘ida koronavirus yuqtirib oldi

Armen Sarkisyan o‘z vazifasini vaqtincha masofadan bajarib turadi.

Foto: TASS

Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan Londonga safari chog‘ida koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda Armenpress axborot agentligi xabar berdi.

"Armaniston prezidenti ta'til doirasida yangi yilni Londonda oilasi va nabiralari bilan kutib oldi. Prezident 3 yanvar kuni Londonda oyog‘idan operatsiya qilindi. Ammo prezidentda koronavirus infeksiyasi alomatlari ko‘zga tashlandi va uning topshirgan testi musbat natija berdi", - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Sarkisyan o‘z vazifasini vaqtincha masofadan bajarib turadi.

Avvalroq Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda koronavirus tarqalishi kuchayayotgani sababli yangi milliy lokdaun kiritilishini e'lon qilgandi. Jonsonning ta'kidlashicha, koronavirusning yangi shtammi tez tarqalishi hukumatni xavotirlantirmoqda.

Mavzuga oid