Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada tibbiyot universiteti taniqli shaxslarni navbatsiz emlagani uchun jarimaga tortildi
Sog‘liqni saqlash vazirining so‘zlariga ko‘ra, ular birinchi navbatda emlanadigan shifokorlar sifatida qayd etilgan.
Varshava tibbiyot universiteti taniqli shaxslar va siyosatchilarni koronavirusga qarshi navbatsiz emlagani uchun kamida 250 ming zlotiy (70 ming dollar) jarima to‘laydi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Adam Nedzelskiy ma'lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu shaxslar birinchi navbatda emlanadigan shifokorlar sifatida qayd etilgan.
Uning aniqlik kiritishicha, qoida buzilish holatlari tekshiruvning birinchi kunidayoq aniqlangan.
Polshada yanvarning dastlabki kunlarida vaksinatsiya bilan bog‘liq mojaro yuzaga keldi. Jumladan, yevrodeputat Leshek Miller, aktrisa Kristina Yande koronavirusga qarshi emlangani ma'lum bo‘ldi.
Polshada vaksinatsiya 27 dekabrda boshlandi, 15 yanvardan barcha xohlovchilar emlanishi mumkin. Vaksinatsiya bepul va ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025