Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliyev Qorabog‘da egallangan Shushani Ozarboyjonning madaniy poytaxti deb e'lon qildi
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘da egallangan Shusha shahrini Ozarboyjonning madaniy poytaxti deb e'lon qildi.
Ushbu shahar 2020 yil 8 noyabrda Ozarboyjon qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan edi.
“Men Shusha shahrini Ozarboyjonning madaniy poytaxti deb e'lon qilaman. Shusha bunga munosib. Fikrimcha, u nafaqat Ozarboyjonning, balki mintaqaning madaniy poytaxti deb hisoblanishi mumkin”, deb aytgan Aliyev Ozarboyjonning yangi madaniyat vaziri Anora Kerimovani qabul qilish vaqtida.
Ozarboyjon rahbarining ta'kidlashicha, Shushada tarixiy va diniy yodgorliklar tiklanadi. Bu borada ishlar boshlab yuborilgan. “U yerga katta guruh jo‘natildi. Uylar, tarixiy yodgorliklar, yetkazilgan zarar o‘rganiladi va biz Shushani tiklashni boshlaymiz. Biz shaharning tarixiy qiyofasini tiklashimiz lozim”, deb qo‘shimcha qilgan Aliyev.
Ozarboyjon rahbari Boku nazoratiga o‘tgan Fizuli shahrida xalqaro aeroport qurish vazifasini topshirgan.
“Topshiriq berildi, aeroport uchun joy tanlanmoqda. Joriy yilda kamida uchish-qo‘nish yo‘lakchasi tayyor bo‘lishi lozim. Fizulidan Shushagacha yo‘l qisqaroq. Fizulida aeroport qurilishi Shushaga xorijiy mehmonlarni taklif qilish imkonini beradi”, deb ta'kidlab o‘tgan Aliyev.
U Ozarboyjon nazoratiga o‘tgan barcha hududlarda madaniy obektlar ro‘yxatini tuzishni buyurgan va ularni buzganlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini aytgan.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025