Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda spirtli ichimlikdan zaharlangan fuqarolarning yana 4 nafari vafot etdi
To‘raqo‘rg‘on tumanida 13 kishi spirtli ichimlikdan zaharlandi. Ularning 6 nafari vafot etdi, yana bir kishi reanimatsiyada qolmoqda.
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida «Gradusnik» nomli spirtli ichimlikdan zaharlanib, vafot etganlar soni 6 nafarga yetdi. Bu haqda Kun.uz'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
5 yanvar kuni berilgan dastlabki xabarda jami 12 kishi zaharlanib, ulardan ikki nafari halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, yana 4 kishi vafot etgan, jami 13 kishi zaharlangan.
Jabrlanuvchilarning 6 nafariga shifoxonadan uyiga javob berilgan. Yana bir kishi reanimatsiya bo‘limida qolmoqda.
Holat yuzasidan ikki shaxs tergovga jalb etilgan: sotuvchi A.S. (erkak) qamoqqa olingan, yetkazib beruvchi N.A. (ayol)ga nisbatan uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Jinoyat ishi JKning 186-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan bo‘lib, bu modda «xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish»ni nazarda tutadi.
Jabrlanuvchilar 29–31 dekabr kunlari, Qirg‘iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan «Gradusnik» nomli spirtli ichimlik iste'mol qilgan.
Mavzuga oid
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi
18:58 / 18.04.2025