Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni mart oxirlarida chegaralarini to‘liq ochadi
Saudiya Arabistoni dekabr oxirlarida koronavirusning yangi shtammi tarqalishi sababli chegaralarini yopgandi.
Saudiya Arabistoni hukumati xalqaro transport qatnovini 31 martdan to‘liq tiklash niyatida. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
“Qirollik fuqarolariga xorijga chiqish va qaytishga ruxsat beriladi. Xalqaro parvozlarga qo‘yilgan taqiq to‘liq bekor qilinadi”, - deyiladi xabarda.
Qirollikda 17 dekabrdan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Mamlakatning barcha hududlarida emlash markazlari ochildi.
Saudiya Arabistoni dekabr oxirlarida koronavirusning yangi shtammi tarqalishi sababli chegaralarini yopgandi.
Yanvar boshlarida mamlakatga kirishga kiritilgan taqiqlov bekor qilindi.
SPA axborot agentligining xabar berishicha, xorijliklar podshohlikka kirishdan oldin Britaniya, JAR va koronavirusning yuqumliroq yangi turi tarqalayotgan boshqa davlatlarda 2 haftadan ko‘proq vaqt bo‘lmagan bo‘lsalar, Saudiya Arabistoniga kiritiladilar. Bundan tashqari, koronavirusga manfiy test taqdim qilish va xorijlik qaysi davlatdan kelayotganiga bog‘liq holda 3 kundan 14 kungacha karantinda qolishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025