Jahon | 09:05 / 11.01.2021
6377
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Saudiya Arabistoni Eronga qarshi turish uchun harbiy hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi 

AQSh mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Entoni Tata va Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri o‘rinbosari Xolid bin Salmon Ol Saud Ar-Riyoddagi uchrashuvda Eronga qarshi turish uchun harbiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘llarini kengaytirishga kelishib oldi.   

“Tomonlar AQSh-Saudiya Arabistoni mudofaa munosabatlarini chuqurlashtirishga kelishib oldi hamda hududiy tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun mudofaa hamkorligini ilgari surish va mustahkamlash yo‘llarini o‘rganishdi”, deb ma'lum qilingan Pentagonda. 

Tomonlar shu maqsadda hamkorlikning yangi va mavjud yo‘nalishlarini mustahkamlovchi mudofaa hamkorligi rejasini imzolashgan. 

“Tata AQSh va Saudiya Arabistonining Eron tomonidan bildirilayotgan tahdidlar ortidagi mudofaa hamkorligi kuchini ta'kidlab o‘tdi. U podshohlikka AQSh qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlash uchun javobgarlikni bo‘lishishga tayyorligi uchun minnatdorlik bildirdi”, deb qo‘shimcha qilingan xabarda. 

Shuningdek, AQSh mudofaa vaziri yamanlik husiychilarning Saudiya Arabistoniga hujumlari davom etayotganidan xavotir bildirgan.  

Mavzuga oid