Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni sun'iy ong bilan boshqariladigan ekoshahar quradi
Shahar infratuzilmasining barcha muhim obektlari piyoda yurganda besh daqiqalik masofada joylashadi, shahar tashqarisida esa yuqori tezlikda harakatlanuvchi ekologik toza transport yuradi.
Saudiya Arabistoni Qizil dengiz sohilida mashinalarsiz ekoshahar quradi. Bu haqda ANBA agentligi xabar berdi.
Loyiha nomi The Line bo‘lgan mazkur shahar mamlakat shimoli-g‘arbida quriladi. Qurilish ishlari bilan Neom kompaniyasi shug‘ullanadi. Bu shaharda avtomobillar va avtomobil yo‘llari bo‘lmaydi.
"Neom direktorlar kengashi raisi sifatida sizlarga The Line’ni namoyish etaman. Unda avtomobillar, ko‘chalar va uglerod ajralib chiqishi bo‘lmaydi. Shaharlarimizni kelajak shaharlariga aylantirishimiz kerak", – dedi Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon Ol Saud.
Shahzodaning so‘zlariga ko‘ra, shahar infratuzilmasining barcha muhim obektlari piyoda yurganda besh daqiqalik masofada joylashadi, shahar tashqarisida esa yuqori tezlikda harakatlanuvchi ekologik toza transport yuradi.
Shahar qurilishi 2021 yilning birinchi choragida boshlanadi va Saudiya Arabistoni davlat investitsiya jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Yuz foiz ekologik toza energiya bilan ta'minlangan uch qavatli shahar faoliyatini sun'iy ong nazorat qiladi.
Daily Mail nashrining yozishicha, loyihaga 500 milliard dollar ajratilgan. Qurilish ishlari 2025 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025