Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh emlash miqyosini kengaytirish uchun vaksina zaxirasidan voz kechadi
Hozirga kelib AQSh bo‘yicha taqsimlangan 24,5 mln doza vaksinaning 8,9 mln dozasidangina foydalanilgan.
AQSh hukumati koronavirusga qarshi emlanadigan aholi qamrovini kengaytirish maqsadida birinchi dozani olganlar uchun ikkinchi doza sifatida beriladigan vaksinalarni zaxira sifatida saqlamaydi.
Bu haqda Pfizer Inc. va BioNTech hamda Moderna Inc. kompaniyalarining vaksina ishlab chiqarish jadvaliga tayanib AQSh sog‘liqni saqlash vaziri Aleks Azar ma'lum qildi.
"Odamlar vaksinaning ikkinchi dozasini olishadi deb aytish uchun ishlab chiqarish sur'ati yetarli darajada aniq", - dedi Azar.
Uning aytishicha, AQSh ma'muriyati shtatlar hukumatlariga emlanadiganlar toifasini kengaytirishni tavsiya qiladi – birinchi navbatda yoshi 65dan yuqori bo‘lgan sog‘lom odamlar hamda yoshi 65dan kichik bo‘lgan bemorlar qamrab olinadi.
OAVning ma'lumot berishicha, hozirga kelib AQSh bo‘yicha taqsimlangan 24,5 mln doza vaksinaning 8,9 mln dozasidangina foydalanilgan.
Worldometers portalining ma'lumotiga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan bog‘liq 23,1 millionta holat aniqlangan, 386,2 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025