Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi
Prezident qaroriga asosan, suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ro‘ziboyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqdagi ma'lumotni vazirlik matbuot xizmati Kun.uz'ga tasdiqladi.
Iste'fo sababi, Ro‘ziboyevning kelgusi faoliyati va uning o‘rniga kutilayotgan tayinlov bo‘yicha hozircha ma'lumot yo‘q.
Suv xo‘jaligi vazirligi 2018 yil fevral oyida tashkil etilgan, o‘sha yil may oyida Bahodir Qo‘chqorovich vazirning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Bunga qadar u Xorazm viloyatida suv xo‘jaligi sohasida qator vazifalarda ishlagan; 2008 yildan Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida rahbarlik lavozimlarida, 2014–2018 yillarda «UZGIP» MChJ direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
19:13 / 08.05.2024
Suv xo‘jaligi vazirligi yagona suv balansini yurituvchi davlat organi etib belgilandi
20:45 / 06.12.2021
Suv xo‘jaligi vaziri: «Sardoba» suv omborini qayta to‘ldirishda Qozog‘iston manfaatlari hisobga olinadi»
19:11 / 03.12.2021
Shavkat Hamroyev – O‘zbekistonning suv muammolari va vazirlik ishiga nisbatan OAVdagi tanqidlar haqida
14:07 / 01.12.2021