Jamiyat | 16:01 / 15.01.2021
9877
1 daqiqa o‘qiladi

Kirish imtihonlarida abituriyentlarga OTM yo‘nalishlarini cheklanmagan miqdorda tanlash imkoni berilishi mumkin

2021 yilda abituriyentlar istalgancha ta'lim yo‘nalishlarini tanlashlari ehtimoli bor. Bu haqda Davlat test markazida o‘tkazilgan press-turda DTM rahbari Majid Karimov aytib o‘tdi.

«2020 yil kirish test sinovlarida abituriyentlar fanlari mos kelgan Oliy ta'lim muassasalarining faqat 5ta yo‘nalishini tanlashlari mumkin edi. Biz ushbu cheklovni olib tashlash bo‘yicha taklif kiritdik. Agar u ma'qullansa, 2021 yilda abituriyent fanlar majmuasi mos bo‘lgan ta'lim yo‘nalishlarini cheklanmagan miqdorda tanlashi mumkin bo‘ladi», degan DTM rahbari press-tur davomida.

Mavzuga oid