Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya organlarining taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi
Prezident tomonidan 2021 yil 14 yanvar kuni imzolangan 666-sonli qonunga asosan adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi.
Mazkur qonun asosida Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan 198-4-moddaga ko‘ra, adliya organlarining bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarini bajarmaslik, shu jumladan o‘z vaqtida yoki to‘liq bajarmaslik mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha (446 ming so‘mdan 1 mln 115 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yuqoridagi huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha (1 mln 115 ming so‘mdan 1 mln 561 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu qonun bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki obektlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaganlik uchun ham ma'muriy javobgarlik belgilandi. Yangi kiritilgan 215-6-moddaga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki obektlari, shu jumladan xorijdagi davlat mulki obektlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik yoki ma'lumotlarning to‘liqligini ta'minlamaslik bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha (669 ming so‘mdan 1 mln 115 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha (1 mln 115 ming so‘mdan 2 mln 230 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:36 / 01.04.2025
Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
19:19 / 25.03.2025
«Birinchi imkoniyat» doirasida tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi
21:37 / 26.02.2025
Qonunlar normalarining aniq va bir xil qo‘llanishi ta’minlanadi
17:05 / 20.02.2025