Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Tramp ketishi oldidan “yoppasiga” sanksiyalar kiritmoqda
Eron, Xitoy va BAAdagi kompaniyalar sanksiyalar ro‘yxatidan joy oldi.
Vashington Eronning qator tashkilotlariga nisbatan sanksiyalar kiritdi. Kompaniyalar qurol savdosida qatnashgani sababli AQShning “qora ro‘yxati”ga tushdi, deb xabar berdi AQSh Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC).
Xususan, Eron Dengiz sanoati tashkiloti (MIO), Aerokosmik sanoat tashkiloti (AIO) va Aviatsiya sanoati tashkilotiga (IAIO) qarshi sanksiyalar joriy etildi.
Shuningdek, Xitoy va BAA kompaniyalariga nisbatan ham sanksiyalar kiritildi.
Eron po‘latini yetkazib berishda gumon qilingan Jiangyin Mascot Special Steel Co., LTD (Xitoy) va Accenture Building Materials (BAA) kompaniyalari sanksiyalar ro‘yxatidan joy oldi.
Bundan tashqari, AQSh Hongkongdagi vaziyat sababli Xitoyning to‘rt nafar fuqarosiga qarshi sanksiyalar joriy etdi.
Kuba ichki ishlar vaziri Lasaro Alberto Alvares Kasas hamda uning rahbarligidagi vazirlik ham inson huquqlari buzilishi va korrupsiyaga aloqadorlikda ayblanib Vashingtonning "qora ro‘yxati"ga tushdi.
Avvalroq Pentagon Xiaomi va yana sakkizta kompaniyani qora ro‘yxatga kiritgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025