O‘zbekiston | 15:03 / 15.01.2021
7898
3 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlar va o‘z faoliyatini kengaytirish istagida bo‘lgan ishbilarmonlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 iyundagi “Kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4363-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 martdagi 134-sonli qarorlari asosida sanoat sohasidagi eng yaxshi loyihalarni tanlab olish bo‘yicha joriy yilning 22 yanvar kuni Sirdaryo viloyat hokimligida navbatdagi tanlov o‘tkaziladi.

Unda barcha tadbirkorlar o‘zlarining eksportbop, import o‘rnini bosuvchi, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalari bilan ishtirok etishlari mumkin. 

Talabgorlarning investitsiya kiritish bo‘yicha puxta rejaga asoslangan biznes loyihalari va hujjatlar to‘plami viloyat hokimligi huzuridagi Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi tomonidan 20 yanvar kuni kechki soat 18.00 ga qadar qabul qilinadi.

 Tanlovga Sirdaryo viloyati kichik sanoat zonalaridagi quyidagi bo‘sh turgan yer maydonlari taklif etiladi:

  1. Mirzaobod tumani “Yangi xayot” MFYda joylashgan kichik sanoat zonasidagi 21 ta lot umumiy 67 900 kv.m bo‘sh yer maydoni,
  2. Sardoba tumani “Xalqobod” MFYda joylashgan kichik sanoat zonasidagi 5 ta lot umumiy 9 200 kv.m bo‘sh yer maydoni,
  3. Yangiyer shahar “Navro‘zobod” MFYda joylashgan kichik sanoat zonasidagi 37 ta lot umumiy 67 000 kv.m bo‘sh yer maydoni,
  4. Shirin shahar “M.Ulug‘bek” MFYda joylashgan kichik sanoat zonasidagi 4 ta lot umumiy 7 800 kv.m bo‘sh yer maydoni bo‘sh yer maydonlari.

Tanlovda g‘olib deb topilgan tadbirkorlik sub'yektlariga yer maydonlari davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara to‘lovi stavkasi bo‘yicha, amalga oshiriladigan faoliyat turidan kelib chiqqan holda, tegishli koeffitsiyentlarni qo‘llamasdan, keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Sanoat zonasida joylashtirilgan tadbirkorlik sub'yektlari ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz (Shirin KSZdan tashqari), ichimlik suvi va boshqa muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta'minlanadilar.

Shoshiling, qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

O‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘yicha Sirdaryo viloyati hokimligi huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasining (99) 345-75-12  va  (67) 225-57-02 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Sirdaryo viloyat hokimligi huzuridagi Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid