Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyadan sintetik narkotika xarid qilgan farg‘onalik shaxs aniqlandi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida giyohvandlik vositalarining yirik miqdordagi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.
Niderlandiyadan Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro D.N. nomiga kelgan pochta jo‘natmasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, jo‘natmada «ABD-BUTINACA» nomli, 498,82 gramm sintetik turdagi giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Bu haqda DBQ axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bergan.
Ta'kidlanishicha, mazkur pochta jo‘natmasiga buyurtma bergan va unga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash maqsadida, Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro D.N mazkur pochta jo‘natmasini qabul qilib olish uchun kelgan paytda tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan. Fuqaro D.N.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, «gashish» giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
«Tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro D.N mazkur giyohvandlik vositasini internet do‘koni orqali buyurtma berganligi ma'lum bo‘ldi. Shu tariqa fuqaro D.N. va boshqalarning jinoiy qilmishlari fosh etildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga yuborildi», – deyiladi bojxona organlari xabarida.
Avvalroq, biologik faol qo‘shimchalar ichida kokain olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar, Samarqandda 1 kilogrammdan ortiq marixuana savdosi hamda Toshkent viloyatidagi xonadonda 8 kilogramm og‘irlikda giyohvandlik vositasi aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:09 / 26.05.2025
Niderlandiya Ukrainaga F-16'ning so‘nggi partiyasini yetkazib berishni yakunlayapti
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
00:31 / 30.04.2025
Niderlandiyadagi muzeyda bola 50 mln yevrolik kartinaga shikast yetkazdi
00:22 / 25.04.2025