Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Xiaomi va yana sakkizta kompaniyani qora ro‘yxatga kiritdi
Bu kompaniyalarga AQSh investitsiyalari kiritilishi taqiqlanadi. Hujjatga ko‘ra, amerikalik investorlar mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan kompaniyalardagi aktivlaridan 11 noyabrga qadar xalos bo‘lishi kerak.
Foto: Reuters
Amerika mudofaa vazirligi Xitoy harbiy-sanoat majmuasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda deb hisoblanayotgan kompaniyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Agentlik bergan ma'lumotga ko‘ra, ro‘yxatga yana to‘qqizta yuridik shaxs kiritilgan. Ular orasida Xitoy tijorat aviatsiyasi korporatsiyasi va Xiaomi kompaniyasi ham bor.
Qayd etilishicha, bu kompaniyalarga AQSh investitsiyalari kiritilishi taqiqlanadi. Hujjatga ko‘ra, amerikalik investorlar mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan kompaniyalardagi aktivlaridan 11 noyabrga qadar xalos bo‘lishi kerak.
AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yil noyabrda amerikaliklarga Xitoyning harbiy-sanoat majmuasi bilan bog‘langan Xitoy kompaniyalariga sarmoya kiritishni taqiqlagandi.
2019 yil yozida AQShda Xitoyning Huawei kompaniyasi xitoylik harbiylar bilan bog‘langani va ularga aloqa hamda sun'iy ong tizimlarini ishlab chiqishda yordam berishi ma'lum qilingan. Shundan keyin Pentagon Xitoy armiyasi bilan bevosita yoki bilvosita hamkorlik qiluvchi Xitoy kompaniyalari ro‘yxatini tuza boshlagan. Ushbu ro‘yxatga Huawei, videokuzatuv tizimlari ishlab chiqaruvchi Hikvision kompaniyasi, CRCC konserni va yana 28ta kompaniya kiritilgan.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
21:38 / 27.05.2025