Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim kompaniyalar Belarusda bo‘lib o‘tadigan xokkey bo‘yicha jahon chempionatiga homiylik qilishni istamayapti
Hozirda Belarus muxolifati xokkey bo‘yicha jahon chempionatini Minskdan olib qo‘yish tashabbusi bilan chiqmoqda.
Škoda avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasi va NIVEA MEN brendi xokkey bo‘yicha 2021 yilgi jahon chempionati Belarusda o‘tkaziladigan bo‘lsa, musobaqaga homiylik qilishdan voz kechishini ma'lum qildi.
"Biz inson huquqlarini himoya qilamiz. Shu sababli agarda Belarus shaybali xokkey bo‘yicha jahon chempionati tashkilotchisi bo‘lishi tasdiqlansa, Škoda mazkur tadbirga homiylik qilishdan voz kechadi", - deyiladi kompaniyaning Twitter sahifasidagi xabarida.
Shuningdek, NIVEA MEN brendi ham agarda musobaqa Minskda o‘tkaziladigan bo‘lsa, unga homiylik qilmasligini ma'lum qilgan.
11 yanvar kuni xalqaro xokkey federatsiyasi prezidenti Rene Fazel Minskda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Xabarlarga ko‘ra, Fazel uchrashuv vaqtida belarusdagi muammolar sababli federatsiyaga nisbatan bosim bo‘layotganini aytgan. Lukashenko esa o‘z navbatida, Belarus xokkey bo‘yicha jahon chempionatini Latviyasiz o‘tkazishga tayyorligini aytib, "u tarixdagi eng yaxshi chempionat bo‘lishi"ga ishontirgan.
Hozirda Belarus muxolifati xokkey bo‘yicha jahon chempionatini Minskdan olib qo‘yish tashabbusi bilan chiqmoqda. Chempionat 2021 yil 21 maydan 6 iyungacha Latviya va Belarusda o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Ammo musobaqa o‘tkaziladigan joy bo‘yicha yakuniy qaror hozircha qabul qilinmagan.
Mavzuga oid
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
10:14 / 01.05.2025