O‘zbekiston | 16:58 / 18.01.2021
13644
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim hududlarda gaz «zapravka»lar cheklovsiz ishlay boshladi

18 yanvardan hududlardagi gaz zapravkalari faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar bosqichma-bosqich bekor qilina boshlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Xususan, Namangan va Qashqadaryo viloyatlaridagi gaz to‘ldirish shoxobchalari 24 soatlik ish rejimiga qaytgan.

Qayd etilishicha, bu cheklov to‘liq bekor qilinmagan, faqat viloyat va tumanlardagi gaz ta'minotiga oid vaziyatga ko‘ra ayni bir hududga xos tarzda qaror qabul qilinmoqda. Respublika miqyosida yakuniy qaror hali chiqarilmagan.

Energetika vazirligi magistral gaz quvurlarida barqaror gaz bosimi ta'minlanishini yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy yilning 5 yanvaridan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining ish vaqtini soat 15:00dan 05:00gacha cheklagan edi.

Bu cheklovlar ortidan haydovchilar va yo‘lovchilar vaqtlarini yo‘qotayotgani, yo‘lkiralar oshib ketgani, ko‘plab mahsulotlar tannarxi ham qimmatlashgan bo‘yicha noroziliklar bildirgan. Namangan viloyatidagi shoxobchalardan birida navbatda turgan «Damas» avtomobili yonib ketgan, bir necha haydovchilar navbat talashib mushtlashishgan, bir kishi esa navbat davomida vafot etgandi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid