Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Jigarimda oyiga 3-4 litr suv yig‘iladi». Omonboy aka saxovatli vatandoshlar ko‘magiga muhtoj
Omonboy Ergashev Yangiyo‘l tumanida yashaydi. 2017 yilda Virusologiya ilmiy tekshirish institutiga murojaat qilganida unga jigar sirrozi tashxisi qo‘yilgan. Oilaning moddiy ahvoli murakkab operatsiya uchun talab qilingan mablag‘ni ko‘tarmaydi. Shu bois, vatandoshimiz saxovatli insonlardan moddiy yordam so‘rab murojaat qildi.
Jigar sirrozi — o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘ta jiddiy kasalliklar sirasiga kiradi. Uni faqatgina sifatli va o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam bilangina to‘xtatib qolish mumkin.
Omonboy Ergashevning aytishicha, kasallikning og‘irligi va uni davolash uchun ko‘p mablag‘ talab qilinishi insonni har tomonlama mushkul ahvolga solib qo‘yadi.
«Hozir ikkinchi guruh nogironiman. 3 nafar voyaga yetmagan farzandim bor. 2 yildan beri jigar sirrozi kasalligi bilan davolanib kelaman. So‘nggi chora sifatida jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi qilinishi kerak ekan. Bu operatsiya Hindistonda bajarilarkan. Ayolim donor bo‘lyapti. Operatsiya uchun 27 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ zarur.
Davolanishga borish uchun mablag‘im yetarli bo‘lmagani uchun saxovatli insonlardan moddiy yordam so‘ramoqchiman. Sharoitim og‘ir, kam ta'minlangan oilalar ro‘yxatida turaman.
Pensiya va mahalladan beriladigan yordam pulini to‘plab 4 ming dollarni o‘zim yig‘yapman. Bu kasallik uchinchi – eng og‘ir darajasiga yetib kelgan.

Oyiga bir marta Virusologiya institutiga davolanish uchun boraman. Chunki jigarimda 3-4 litr suv yig‘ilgan bo‘ladi. Shifokorlar to‘plangan suvni olib tashlashadi. Har oyda shifoxonada yotish, dori-darmonlar ancha qimmat turganligi sababli ba'zida qurbim yetyapti, ba'zida esa yo‘q.
Bu kasallik juda ham og‘ir. Uni birovga ravo ko‘rmayman. O‘zim chekkan dardni o‘zim tushunaman. Kasallik og‘irlashib qolgani uchun oilamdagilarni ham ancha qiynab qo‘ydim. Iltimos, yordam bersanglar», dedi bemor yurtdoshlarga murojaatida.
Omonboy Ergashevga tegishli ma'lumotlar:
Uzcard: 8600 0203 5570 1397 (Omonboy Ergashev nomida)
Viza: 4023 0602 0559 2529 (Omonboy Ergashev nomida)
Sberbank: 4817 7603 3870 0812 (Ural Abduazizov nomida)
Tel: +998978790720
Islombek Umaraliyev, tasvirchi Asad Allanazarov.
Mavzuga oid
20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi
15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi
15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi
13:54 / 31.01.2025