Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rospotrebnadzor Rossiyaning koronavirusga qarshi ikkinchi vaksinasini 100 foiz samarali deb e'lon qildi
Ta'kidlanishicha, «EpiVakKorona» shakllangan immunitetni kuchaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga, «bir dozaning kiritilishi kuchi va davomiyligi bo‘yicha maqbul immun javobini hosil qilmaydi».
Klinik sinovlarning birinchi va ikkinchi bosqichi natijalariga ko‘ra Rossiyaning koronavirusga qarshi «EpiVakKorona» vaksinasining samaraliligi yuz foizni tashkil etdi. Bu haqda Rospotrebnadzor matbuot xizmatiga tayanib TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, «EpiVakKorona» vaksinasi bilan ikki marta emlash ko‘zda tutilgan. Ammo koronavirusga chalinib sog‘ayganlar bir marta emlanishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, «EpiVakKorona» shakllangan immunitetni kuchaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga, «bir dozaning kiritilishi kuchi va davomiyligi bo‘yicha maqbul immun javobini hosil qilmaydi».
«EpiVakKorona» Novosibirskdagi «Vektor» ilmiy markazida ishlab chiqilgan. U o‘tgan yilning oktyabrida ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
18:38 / 15.12.2021
YeI mamlakatlarida 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalarni koronavirusga qarshi emlash boshlandi
20:51 / 05.08.2021
Vaksinalar: qaysi davlat qancha buyurtma bergan?
19:54 / 22.05.2021
Kambag‘al mamlakatlar koronavirus ixtiyoriga topshirib qo‘yildi – BMT bosh kotibi
17:15 / 27.03.2021